



Bosh direktorning murojaati
"BYD UZBEKISTAN FACTORY" MCHJ Qo'shma korxonasi Bosh direktorining
MUROJAATI
Hurmatli zavod xodimlari!
Korrupsiya – bu ishonchni yo'qotadigan, jamoa ishlarini buzadigan va ishlab chiqarish natijalariga salbiy taʼsir ko'rsatadigan jiddiy muammo. Zavodimiz, sanoatning bir qismi sifatida, o'z ishida hamisha shaffoflik va halollik tamoyillariga amal qilishga majburdir.
Men, zavodning bosh direktori sifatida, barcha xodimlarga korrupsiyaga yo'l qo'yilmasligini yana bir bor eslatmoqchiman. Biz har bir kishi hech qanday noqonuniy yoki axloqsiz harakatlardan qo'rqmasdan o'z hissasini qo'shishi mumkin bo'lgan adolatli, xavfsiz va samarali ish muhitini yaratishga intilamiz.
Biz ichki nazorat tizimlarimizni samaradorligini oshirish ustida faol ishlamoqdamiz va korrupsiyaning har qanday ko'rinishini oldini olish uchun barcha choralarni ko'ryapmiz. Barcha xodimlardan Axloq kodeksiga rioya qilishni, qonun qoidalariga hurmat bilan yondashishni va shubhali yoki nomaqbul harakatlar haqida xabar berishni so'rayman.
Zavodimizning muvaffaqiyatli kelajagi bizga bog'liq ekanligini unutmang. Faqat birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz orqali kompaniyamizni halollik, shaffoflik va professionallik tamoyillari asosida rivojlantirishimiz mumkin.
Agar sizda korrupsiya bilan bog'liq savollar yoki xavotirlar bo'lsa, ichki xavfsizlik xizmatiga yoki to'g'ridan-to'g'ri menga murojaat qilishingiz mumkin. Barcha xabarlar maxfiy ravishda ko'rib chiqiladi.
Zavodimiz rivoji yo'lidagi sadoqatingiz va mehnatingiz uchun rahmat.
Hurmat bilan,
Azizbek Muxitdinov

