



Bizning ishlab chiqarish mukammalligi
BYD O'zbekiston zavodining aniqligi va innovatsiyasi bilan tanishing. Jahon darajasidagi elektromobillarni yaratish uchun ilg'or texnologiyani malakali hunarmandchilik bilan qanday birlashtirishimizni tomosha qiling.

1. Korxona (brend) haqida
1.1
BYD Global - 1994 yilga tashkil topgan BYD kompaniyasi hozirda dunyoning yetakchi yangi energiya manbaalarida harakatlanuvchi avtomobillar ishlab chiqaruvchisidir. 30 yildan ziyod akkumulyator batareyalarini loyixalashtirish va ishlab chiqarish tajribasiga ega mazkur kompaniya jaxonda o'zining yetakchi inoovasiyalari, jumladan, elektromobillar ta'minot zanjirini to'liq egaligi bilan mashxurdir.
BYD kompaniyasi o'zi yaratgan dvigatel va yurish sistemasi, akkumulyator batareyasi, elektr motor va motorlarni boshqaruvchi tizimlariga ega yagona kompaniyadir. Avtomobillarni elektrfikasiya yo'nalishida xalqaro kompaniyalar bilan kuchli hamkorlik qilish ushbu kompaniyaning asosiy biznes strategiyasi hisoblanadi.
1.2 “BYD Uzbekistan Factory” QK MChJ haqida.
“BYD Uzbekistan Factory” - bu “BYD” brendining Xitoydan tashqaridagi ilk va yagona avtomobil zavodi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan.
Zavod yangi energiyali, ekologik toza avtomobillarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, mamlakat avtomobil sanoatida muhim yangilik bo‘ldi. 2024-yil 27-iyunda korxona rasmiy ravishda ishga tushirilgan. Dastlabki bosqichda zavod yiliga 50 ming dona avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Hozirda bu yerda “BYD”ning mashhur modellari - Chazor va Song Plus Champion avtomobillari ishlab chiqarilmoqda. Korxonaning asosiy maqsadi - aholimizni ekologik toza avtomobillar bilan ta’minlash, eksport yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish hamda mahalliy ehtiyot qismlar ishlab chiqarish darajasini oshirishdan iborat.
“BYD Uzbekistan Factory” O‘zbekiston avtomobilsozligida yangi bosqichni boshlab, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va barqaror kelajak sari dadil qadam tashlamoqda.
1.3 Rahbariyat haqida
Bosh director: Muxitdinov Azizbek Adilbekovich haqida
Muxitdinov Azizbek Adilovich “BYD Uzbekistan Factory” MChJ QK Bosh direktori. Avtomobilsozlik va sanoat boshqaruvi sohasida katta tajribaga ega. O‘z faoliyatini 2011-yilda “O‘z Erae Climate Control” QK MChJda boshlagan bo‘lib, ishlab chiqarish, mahalliylashtirish va innovatsion loyihalarni rivojlantirish yo‘nalishlarida ishlagan.
Keyingi yillarda “O‘zavtosanoat” AJ, “UzAuto Components” MChJ, “Uz Dong Yang Ko” QK MChJ hamda “UzAuto Commercial Vehicles Management” MChJ tizimlarida bosh mutaxassis, bo‘lim boshlig‘i va rahbar sifatida faoliyat yuritgan. 2023–2025-yillarda “Toshkent traktor zavodi” bosh direktori lavozimida ishlab, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va modernizatsiya jarayonlariga boshchilik qilgan.
2025-yildan buyon “BYD Uzbekistan Factory”MChJ qo‘shma korxonasining Bosh direktori sifatida faoliyat yuritib, korxonaning strategik rivojlanishi, mahalliylashtirish jarayonlarini kengaytirish va zamonaviy ishlab chiqarish tizimini joriy etish yo‘nalishlariga rahbarlik qilmoqda.
Alimov Shafkatbek Shavkatbekovich
Bosh direktor o‘rinbosari – mahalliylashtirish, kooperatsiya, xaridlar va ta’minotchilar sifati bo‘yicha “BYD Uzbekistan Factory” MChJ QK
Avtomobilsozlik sohasida 20 yildan ortiq tajribaga ega mutaxassis. “UzDEU Avto”, “GM O‘zbekiston”, “UzAuto Components” va “O‘zavtosanoat” kabi yirik korxonalarda rahbarlik lavozimlarida ishlagan. Uning faoliyati ishlab chiqarish, sifat nazorati, mahalliylashtirish va investitsion loyihalarni rivojlantirish yo‘nalishlarini qamrab olgan.
2023–2025-yillarda “BYD Uzbekistan Factory” MChJ QK bosh direktori lavozimida ishlagan. 2025-yildan buyon korxonada mahalliylashtirish, kooperatsiya, xaridlar va ta’minotchilar sifati bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritmoqda.
Li Ming
“BYD Uzbekistan Factory” QK MChJ Bosh direktorning birinchi o‘rinbosari
Li Ming 2008-yilda BYD kompaniyasida faoliyatini boshlagan bo‘lib, 17 yildan ortiq avtomobilsozlik sohasida tajribaga ega. Faoliyati davomida u temir yo‘l transporti loyihasi menejeri, xaridlar bo‘yicha menejer hamda texnik maslahatchi lavozimlarida ishlagan.
“BYD Uzbekistan Factory” tashkil etilganidan buyon janob Li Xitoy texnik maslahatchilar jamoasiga rahbarlik qilib, zavod qurilishi, sinov ishlab chiqarishi va ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish jarayonlarini boshqargan. Uning rahbarligida jamoa boshqaruv diagnostikasi, “yulduzli” zavod tizimini joriy etish hamda boshqaruv standartlarini takomillashtirish yo‘nalishida muhim ishlarni amalga oshirgan.
Morgan Yin
“BYD Uzbekistan Factory” QK MChJ Bosh direktor o‘rinbosari
“BYD Central Asia” kompaniyasining Biznes rivojlantirish direktori
Ta’lim: 2012–2016 — Nankin Texnologiya Instituti, “Avtomobil muhandisligi” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasi
Mehnat faoliyati:
2023 - hozirgacha - Bosh direktor o‘rinbosari, BYD Uzbekistan Factory MChJ QK
2022 - hozirgacha - Biznes rivojlantirish direktori, BYD Central Asia MChJ QK
2018 - 2022 - Biznes rivojlantirish bo‘yicha menejer, BYD Auto Industry Co., Ltd
2018 - Xorijiy savdo bo‘yicha menejer, Sundray Technology Co., Ltd
2016 - 2018 - Yevropa va Avstraliya bozorlariga mas’ul akkaunt-menejer, Higer Bus Co.,Ltd
Ivan CAO haqida
1.4 Struktura
2. Ishlab chiqarish
2.1 Modellar
2.2 Yig‘uv sexi
Yig‘uv liniyasi AE Corp (Xitoy) kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan. Ish jarayonlarida avtomatik yuruvchi aravachalar (AGV), robotlar, manipulyatorlar, suyuqlik quyish uskunalari va zamonaviy elektr-pnevmatik asboblar qo‘llaniladi. Avtomobilning muhim komponentlari - motor, batareya va boshqa qismlar yuqori aniqlikda o‘rnatiladi.
2.3 Payvandlash sexi
Payvandlash liniyasida barcha qurilmalar uchun poydevor ishlari to‘liq yakunlandi. Xitoyning BYD kompaniyasi mutaxassislari tomonidan uskunalar o‘rnatilib, ishlab chiqarish jarayoni yo‘lga qo‘yilgan. Liniyada qo‘lda va avtomatik usulda payvandlash ishlari amalga oshiriladi. Zamonaviy KUKA robotlari va maxsus jihozlar yordamida kuzov qismlari yuqori aniqlikda payvandlanadi.
Yon devor va tom qismlarining mustahkam birikishi uchun lazer yordamida avtomatik payvandlash texnologiyasi joriy qilingan.
2.4 Bo‘yash sexi
Bo‘yash jarayoni to‘liq avtomatlashtirilgan bo‘lib, robotlar va konveyer tizimi yordamida amalga oshiriladi.
Bo‘yash bosqichlariga quyidagilar kiradi:
- Elektrodepozitsiya orqali birlamchi gruntovka;
- Germetik surtish;
- Ikkinchi gruntovka;
- Rang berish va ikki komponentli lak qoplama.
Bo‘yoq liniyasi rekonstruksiya qilinib, Koreyaning Saelim kompaniyasi uskunalari o‘rnatilgan.
2.5 Maxalliylashtirish
Hozirgi kunda zavodda ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning ayrim komponentlari, jumladan tashqi va ichki plastik qismlar, bamperlar hamda oynalar, bosqichma-bosqich mahalliylashtirilmoqda. Mahalliylashtirish darajasi 30% ga yaqinlashgan bo‘lib, bu ko‘rsatkichni oshirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda. Jarayonning birinchi bosqichida 60 turdagi detal ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Ulardan 47 tasi allaqachon ommaviy ishlab chiqarishga joriy etilgan, qolganlari esa sinov bosqichida. Bu bilan avtomobil tannarxi 1058 AQSh dollariga kamaygan. Mahalliylashtirish loyihalarida 26 ta mahalliy korxona ishtirok etmoqda, ularning aksariyati muvaffaqiyatli auditdan o‘tgan. Yangi hamkorliklar minglab ish o‘rinlarini yaratdi va O‘zbekistondagi xom-ashyo resurslaridan foydalanish boshlangan.
Ayni paytda:
Song Plus modeli uchun elektr sim o‘tkazgichlar va rezina qismlarni
BYD Chazor modeli uchun oynalar, bamperlar va ichki qismlarni mahalliylashtirish bo‘yicha yangi loyihalar olib borilmoqda.
2.6 Hamkorlar
3. Bo'sh ish o'rinlari
3.1 Ishga kirish tartibi
Aloqa ma'lumotlari
So'rovlar, hamkorlik yoki har qanday savollaringiz bo'yicha biz bilan bog'laning.
Telefon raqami
+998-55-151-8888Elektron pochta
info@bydfactory.uzVeb-sayt
bydfactory.uzFaks
+998-55-151-8888
